SAYYOR QABUL!!!

SAYYOR QABUL!!!


Karmana tumanidagi “Do'rmon” MFY binosida Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev tomonidan viloyat hokimligi tоmоnidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 17-iyun kuni soat 10:00 da tuman aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari  ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Tuman aholisi uchun o‘tkazilgan qabulda maktabgacha ta’lim sohasiga oid bir qator masalalar muhokama etildi.
Qabulda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari, shuningdek, davlat MTT direktorlari, sohaga aloqador boshqa mutaxassislari va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Boshqarma boshligʼiga yoʼllangan maktabgacha ta’lim sohasiga oid oʼndan ortiq murojaatlarning ba'zilari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.  
Yig‘ilish yakunida tizimda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tashabbuskor faol yoshlardan bir guruhiga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi va kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.







Boshqa yangiliklar

YOPISH