AVGUST ANJUMANI O‘Z ISHINI BOSHLADI

AVGUST ANJUMANI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining faollar zalida “Maktabgacha talim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida tashkil etilgan avgust konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirning kirish qismida viloyat hokimining o‘rinbosari Ya.Dushanov, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Z.Usanov, viloyat Maktabgacha ta’lim boshlig‘i O‘.Tillayevlar ishtirok etib, nutq so‘zladilar. 
Mazkur konferensiyada boshqarma, hududiy bo‘limlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagoglari hamda ma’sullari ishtirok etmoqda. Ayni vaqtda tadbir o‘z ishini guruh mashg‘ulotlarida davom ettirmoqda. Bizni kuzatib boring...







Boshqa yangiliklar

YOPISH