AVGUST KONFERENSIYASI

AVGUST KONFERENSIYASI

2022-yil 22-23-avgust kunlari Karmana tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tumandagi 2-sonli musiqa maktabida “Maktabgacha ta’lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida an'anaviy avgust konferensiyasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev, Kasaba uyushmasi raisi U.Musayev, maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri N.Xalilova va davlat, nodavlat, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagoglari, ma’sullari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. 
Konfefensiyada tumanda maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuqlar haqida videorolik namoyish etildi. 
Tadbir so‘ngida bir guruh rahbar va pedagoglar faolligi, tashkilotchiligi va sohani rivojlantirishdagi xizmatlari uchun tuman hokimi va boʻlim mudirining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.






Boshqa yangiliklar

YOPISH