
KITOBLAR KO'RGAZMASI BO'LIB O'TMOQDA
Toshkentda "TASHKENT BOOK FEST" birinchi kitob ko'rgazma-yarmarkasi boshlandi. Unda 16 mamlakatdan noshirlik va kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, yurtimiz nashriyotlari va kitob do'konlari ishtirok etmoqda.