SAYYOR QABUL


✅Joriy yilning 16-dekabr kuni Karmana tumani, Arabxona mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillaevning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

❇️Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etgan qabulda aholining maktabgacha ta'lim tizimi bo‘yicha taklif, savol, shikoyatlari muhokama etildi.

❇️Ularning aksariyati farzandini MTTga joylashtirish, oilaviy bog‘cha tashkil etish, Arabxona MFYda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish, faoliyat yuritayotgan nodavlat MTTlarini moddiy texnik bazasini yaxshilash kabi masalalarda amaliy yordam so‘raldi.

❇️Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan masalalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan so‘ng boshqarma boshlig‘i tumandagi davlat MTTlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda oziq-ovqat zaxiralari o‘rganildi.

📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda bolajonlar uchun tashkilotlarda mavsumni betalofat o‘tkazishda zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


© 2020 KARMANA TUMAN MAKTABGACHA TA‘LIM BO‘LIMI
ORQAGA QAYTISH