KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – ASOSIY VAZIFAMIZ

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – ASOSIY VAZIFAMIZ



✅Joriy yilning 15-dekabr kuni Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazining majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmalari mas’ullari, tizim quyi tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
❇️Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazoratni amalga oshirish boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar va Adliya boshqarmalari hamda diniy idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
❇️Seminarni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligini ta’kidladi.
❇️Maktabgacha ta’lim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Kadirov tizimning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.
❇️Tadbirda viloyat prokraturasi bo‘lim katta prokurori F.Tursunov viloyatdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish bo‘yicha tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida gapirdi.
❇️Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari D.Ergashov taraqqiyot kushandasi va jamiyatni ichidan yemiradigan ofat – korrupsiya illatidan saqlanish haqida yig‘ilganlarga murojaat qilib, poraxo‘rlik muqaddas dinimizda, hadisu shariflarda ham katta gunoh ekanligini ta’kidladi.
❇️Viloyat IIB JQB K va IJQ bo‘limi katta tezkor vakili O.Qulmanov va Navoiy shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti L.Mirjonovlar korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik va sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat tashkilotlarida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligining afzalliklari haqida so‘z yuritdi.
📌Tadbirda ta’kidlanganidek, ushbu illatga qarshi kurashish, bu borada jamoatchilik nazoratini mustahkamlash hamda aholining huquqiy bilim va madaniyatini shakllantirish eng asosiy vazifalarimizdan biridir. Yurtdoshlarimiz adolat qaror topgan jamiyatda yashasagina davlat organlariga nisbatan ishonchi ortadi. Bu yo‘lda barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.
















Boshqa yangiliklar

YOPISH